Bu haqda «Dunyo« AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bolalar ota-onasi bilan Rossiyaga borgan. Ammo bolalarning ota-onalari Rossiya hududida boʻlib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Voyaga yetmagan toʻrt nafar yurtdoshimiz yaqin tanishlari bilan qolgan.
Oʻzbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarimizning manzilini aniqladi. Shuningdek, ularning Vatanga qaytishiga amaliy yordam koʻrsatildi.