Bu haqda “Moslenta” xabar berdi.

Rossiyaning “Yashil toʻtiqush” qushlar shifoxonasi bosh shifokori Vladimir Romanovning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yuzaga kelgan bu holat qushlarning haqiqiy pandemiyasi hisoblanadi. Mutaxassis poytaxt va viloyat aholisi olib kelgan oʻlik qushlarni tekshiruvdan oʻtkazgandan soʻng shunday xulosaga kelgan.

“Barcha qushlar bitta zahardan — botulinum toksinidan oʻlgan. Bu toksin anomal haroratgacha qizdirilgan suvda paydo boʻladi. U Clostridium sinfidagi anaerob bakteriyalar tomonidan sintezlanadi”, deya tushuntirgan ekspert.

Shuningdek, u yoz faslida shahar sharoitida yashaydigan qushlar zahar ishlab chiqariladigan kichik botqoqli hovuzlardan suv ichishi sababli zaharlanib, nobud boʻlayotganini aytgan. Biroq Romanov shahar aholisini qushlar pandemiyasi tez orada tugashiga ishontirgan, chunki havo sovishi zararli bakteriyalar koʻpayishining pasayishiga olib kelishini qayd etgan.