Rossiyada teri saratonini neyrotarmoq yordamida aniqlaydigan tizim ishlab chiqildi

    Shimoliy Kavkaz federal universiteti olimlari teri saratonini aniqlaydigan neyrotarmoq tizimini ishlab chiqdi. Bu esa noto'g'ri tashxislar sonini kamaytiradi.

    Olimlarining fikricha, ularning ishlanmalaridan yordamchi diagnostika usuli sifatida foydalanish tibbiy qarorlar qabul qilishda inson omilining ta'sirini kamaytiradi va kasalliklarga tashhis qo'yishda aniqlikni oshiradi.

    Teri saratoni Shimoliy Kavkaz federal universiteti olimlarining fikriga ko'ra, saratonning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Yuqori aniqlikdagi diagnostika bemorlarning tiklanish imkoniyatini oshiradi. Shu bois, mutaxassislar avtomatlashtirilgan yordamchi diagnostika tizimlarini ishlab chiqishdan manfaatdor.

    Olimlarning ta'kidlashicha, Rossiyada ishlab chiqilgan tizim Germaniya, Avstriya va Xitoydagi shunga o'xshash xorijiy tizimlarga qaraganda yuqori aniqlikka erishish imkonini beradi.

    Kelajakda universitet tadqiqot guruhi dermatologik ma'lumotlarni neyrotarmoq asosida tahlil qiluvchi yanada murakkab tizimlarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

    Tadqiqot Rossiya ilmiy jamg'armasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi, deb xabar beradi ria.ru.