Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan oʻrganishlar natijasida maʼlum boʻlishicha, 1982-yilda tugʻilgan, 14 yildan buyon ushbu davlatda yashab kelayotgan fuqaro O.Yo. sogʻligʻi yomonlashgani oqibatida 2021-yilning 5-sentyabr kuni vafot etgan.

Marhumning qarindoshlari jasadni Oʻzbekistonga joʻnatish uchun mablagʻ soʻrab blogerlarga murojaat qilmagan.

Vafot etgan fuqaro bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalar hal etilib, uning jasadi va qarindoshlari bugun Oʻzbekistonga olib kelindi, deya xabar beradi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.