Rossiyadagi xalqaro kinofestivalda oʻzbek filmlari ham ishtirok etadi

    Madaniyat 27 Oktabr 2020 676

    2020-yilning 14-18-noyabr kunlari Rossiyada harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi XVII “Volokolamsk chegarasi” nomli filmlar festivali boʻlib oʻtadi. Mazkur festivalda rejissyor Hilol Nasimovning “Hayot” va Hamidulla Hasanovning “101” badiiy filmlari xam ishtirok etadi.

    “Hayot” filmi 2000-yil Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida boʻlib oʻtgan terroristik guruhlarga qarshi jasorat bilan kurashgan harbiylarimiz xotirasiga bagʻishlangan.

    “101” badiiy filmi Ikkinchi Jahon urushida katnashgan oʻzbekistonlik 101 ta jangchining qahramonona va fojiali taqdiri haqida xikoya kiladi.

    XVII Xalqaro kinofestival Rossiyaning qadimiy Volokolamsk shahrida, Moskva viloyatida boʻlib oʻtadi. Bu yerda 1941-yilda Ulugʻ Vatan urushining hal qiluvchi janglaridan biri — Moskva uchun jang boʻlib oʻtgan. Kinofestival doirasida hakamlar hayʼati eng yaxshi filmlarni tanlab olishadi.

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmat