Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida Qozogʻiston orqali kirib kelgan, “Lada Largus” avtomashinasi tekshiruvdan oʻtkazildi. Natijada avto yukxonasidagi uzatmalar qutisi ichiga yashirilgan holda 2 kg 300 gramm “mefedron” narkotik moddasi topild.
Maʼlum boʻlishicha, kirakashlik bilan shugʻullanib kelgan haydovchi ushbu yukni Toshkent viloyatida kutib turgan shaxsga yetkazishi kerak boʻlgan. Buyurtmani qabul qilib olgan paytda ikkinchi shaxs ham qoʻlga olindi.
Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.