QR-kodni olish uchun «Puteshestvuyu bez COVID-19» ilovasini App Store, Google Play, AppGallery orqali  yuklash mumkin.  Mobil` ilova yuklanganidan so'ng uni ishga tushirasiz, til va geolokatsiyani  tanlaysiz hamda qaysi davlatdan qaysi davlatga ketayotganligingizni belgilashingiz kerak bo'ladi.

"Dunyo" AAning qayd etishicha,  72 soatdan ko'p bo'lmagan vaqtda PZR-testini O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan laboratoriyalarda topshirishingiz zarur. Laboratoriya xodimiga test natijasini «Puteshestvuyu bez COVID-19» mobil` ilovasi orqali olmoqchi ekaningizni xabar berasiz.

Shundan keyin,  pasport ma'lumotlarini (seriya raqami va boshqalar), telefoningizdagi QR-kod orqali laboratoriya tomonidan berilgan test natijalarini skaner qilasiz, chegarani kesib o'tayotganingizda mas'ul xodimga QR-kodni telefoningiz ekrani orqali taqdim etasiz.

eslatib o'tamiz, Evrosiyo taraqqiyot bankining raqamli tashabbuslar jamg'armasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu ilovadan foydalanish 1 sentyabrdan boshlab Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan  O'zbekiston fuqarolari uchun majburiy tartibda joriy etiladi.