Rossiyaga ketayotganlardan oʻzi bilan isiriq olmaslik soʻraldi

    Harmala (isiriq) oʻsimligi Rossiyada giyohvand moddalarni oʻz ichiga olgan va nazorat qilinadigan oʻsimliklar roʻyxatiga kiritilgan.

    Uzbekistan Airways Rossiyaga joʻnab ketayotgan yoʻlovchilarga oʻzlari bilan isiriq olmaslikni eslatdi.

    Taʼkidlanishicha, harmala (isiriq) oʻsimligi Rossiyada giyohvand moddalarni oʻz ichiga olgan va nazorat qilinadigan oʻsimliklar roʻyxatiga kiritilgan.

    Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bogʻliq barcha harakatlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.

    “Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan ushbu turdagi oʻsimlikni qoʻl yukingizda va bagajda olib oʻtmasligingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.