Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati publication.pravo.gov.ru sayti maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

2021-yil 29-dekabrdan Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 90 kalendar kundan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar giyohvandlik, psixotrop yoki ruhiyatga taʼsir etuvchi va boshqalar uchun xavfli boʻlgan yangi moddalarni shifokor retseptisiz isteʼmol qilish holati hamda OIV infeksiyasi bor yoki yoʻqligini tasdiqlovchi tibbiy hujjatni IIVga taqdim etishi talab qilinadi.

Maʼlum qilinishicha, agar hujjat chet tilida boʻlsa, rus tiliga tarjima qilinishi hamda notarial tasdiqlangan boʻlishi, qabul qilingandan soʻng vakolatli shaxs tomonidan tekshirilishi, soʻngra qabul qilingani toʻgʻrisidagi guvohnoma berilishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming fuqaroni Rossiyaga jalb qilish boʻyicha pilot loyihasi doirasida ushbu tibbiy hujjat Oʻzbekistonda tayyorlanishi koʻzda tutilgan.