Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rasman ma’lum qildi.

5/6-sonli  “Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning  payshanba  kuni  soat 19:05da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo'nab ketadi va shanba kuni soat 18:14da Rossiya  Federatsiyasining “Samara” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi. Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56da yetib keladi. 

Ma'lumot uchun: Toshkentdan Samaragacha temir yol orqali bo‘lgan masofa 2271 km.ni tashkil etadi. Poyezd 48 soat davomida harakatlanadi. 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yo’nalishida  yo‘lovchi poyezdi  11 ta vagondan iborat: 3 kupe, 7 platskart va vagon-restoran. 

Chipta narxi to‘g‘risidagi ma'lumotni, sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda, www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqal bilib olish mumkin (Eslatib o‘tamiz, elektron chipta sotib olish arzonroq bo‘ladi, negaki kassa badali to‘lanmaydi).