U “fitovaksina”larning 5 ijobiy tomonini sanab oʻtdi:
- Qulaylik, ogʻriq yoʻqligi. Ignada ukol qilishga hojat qolmaydi. Yeysanu, qutulasan.
- Nojoʻya taʼsirlar kam — vaksinadan keyingi reaksiyalar oddiy vaksinalarnikiga nisbatan kam boʻladi.
- Emlash xonalari, tibbiyot xodimlari, sterillikni saqlash va boshqa shart-sharoitlarga ketadigan harajatlar qisqaradi.
- Saqlash uchun alohida muzlatgichlar va muzlatgichlar bilan jihozlangan transport vositalari kerak boʻlmaydi.
- Ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bioreaktorlarda yoki boshqa uskunalar yordamida ishlab chiqariladigan vaksinalardan kamroq xarajat talab qiladi.
“Oʻsimliklar tabiatan himoya qobigʻiga ega, shu bois ham vaksina organizmga tabiiy biokapsulada tushadi. Shu bois ham immunitet ishlab chiqarishi kerak boʻlgan oqsillar ovqat hazm qilish tizimining yuqori qismida soʻrilmaydi, balki chuqurroq kirib boradi, bu ham boʻlsa ushbu vaksinaning yana bir ijobiy tomonidir”, deydi mutaxassis.
Hozirda dunyoda ham, Oʻzbekistonda ham isteʼmol qilinadigan vaksinalarni yaratish boʻyicha tajribalar davom ettirilmoqda. Ammo hali birorta ham bunday vaksina klinik amaliyotda qoʻllanilmayapti. Oʻzbekiston olimlari dunyo ilmiy jamoatchilik bilan baravar qadam tashlayotgani quvonarli. Tadqiqotlar davom etmoqda.