Rossiyalik olimlar Antarktidada birinchi marta bodring yetishtirishdi

    Rossiyalik olimlar Antarktidadagi “Vostok” stansiyasida ilk bor bodring yetishtirib, undan ko'p hosil oldi, deb xabar berdi Arktika va Antarktika tadqiqot instituti matbuot xizmati.

    “Vostok” stansiyasida birinchi marta bodring hosili yigʻib olindi. Ekilgan kundan boshlab 60 kun ichida 16,5 kilogramm hosil olishga muvaffaq boʻldik”, deyiladi xabarda.

    Avvalroq rossiyalik qutb tadqiqotchilari birinchi marta Antarktidada muvaffaqiyatli tarzda tarvuz yetishtirishgan edi. Institut vakillarining taʼkidlashicha, stansiyada bodring yetishtirish tarvuzdan koʻra osonroq kechdi, chunki ular kamroq parvarishni talab qiladi.

    Olimlarning taʼkidlashicha, “Vostok” stansiyasidagi ikkita issiqxonada tuproqsiz “panoponika” texnologiyasi asosida yiliga bir kvadrat metr maydonda 100 kilogrammgacha bodring, 29 kilogramm pomidor, 11 kilogramm shirin qalampir, 149 kilogramm karam yetishtirish mumkin, deb xabar beradi ria.ru.