Rossiyaliklarning yarmidan koʻpi, yaʼni 52 foizi koronavirus vaksinasini hali oʻzlariga ishlatishga tayyor emaslar, dedi VSIOM rahbari Valeriy Fyodorov “Mulohazalar hududi” forumida oʻtkazilgan tadqiqotda aniqlangan maʼlumotlarga tayanib.

Kuzatuvlarga koʻra, respodentlarning 42 foizi emlanishga rozi, 6 foizi esa javob berishga qiynalmoqda.

Shuningdek, mamlakat aholisining yarmidan koʻpi koronavirusning ikkinchi toʻlqinini kutmoqda. Oʻtgan oyda bu koʻrsatkich 6 foizga oshdi.

Ikkinchi toʻlqin boʻlmaydi, deb ishonadi 30 foiz respodentlar. Bundan tashqari, tadqiqot shuni koʻrsatadiki, rossiyaliklarning yarmidan koʻpi koronavirusdan kasallanishdan qoʻrqishadi. 12 foizi kasallikni chetlab oʻtishiga ishonadi, 13 foizi hali bu haqda oʻylamagan. Fyodorovning soʻzlariga koʻra, soʻrovda 18 yoshdan katta boʻlgan 1,6 ming nafar odam ishtirok etgan.