Oʻquv kursi davlatimiz rahbarining Rossiya Federatsiyasiga 2017-yilda amalga oshirgan Davlat tashrifi davomida “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Gazprom” AJ oʻrtasida imzolangan “Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida” memorandumga muvofiq tashkil etilgan.

Joriy yilning iyun oyida “Neft-gaz kompleksida loyihalarni boshqarish” va “KPI va HR-menejment boshqaruv tizimi” dasturlari boʻyicha malaka oshirish kurslari onlayn tarzda tashkil etildi. Unda 40 nafar soha xodimlari ishtirok etdi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.