Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar kengayib borayotganligini yuqori baholadi. Rostov viloyatining sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi salohiyatini inobatga olib, mazkur yo‘nalishlarda hududlararo sheriklikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston vakili yurtimiz hududlari eksport imkoniyatlarini hisobga olib, Rostov viloyati uchun kerakli mahsulotlar importini tashkil etish masalasida amaliy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Vazir Maksim Papushenko o‘z navbatida, Jizzax va Rostov viloyatlari o‘rtasida imzolangan hamkorlik bitimi, shuningdek, Rostov viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning 2024-yil sentyabr oyida O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida viloyatda O‘zbekiston agrosanoat xabini yaratish muhimligini ta'kidladi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.