Rossiyaning eng shimolida joylashgan Pevek shahrida nam qor va yomg'ir yog'di, deb xabar beradi «TASS».

Bu haqda CHukotgidromet vakillari agentlik muxbiriga xabar berishdi.

Meteorologlarning so'zlariga ko'ra, Pevekda hozirda sovuq iqlim hukmron. SHuningdek, shahar ichidagi termometrlar bir haftadan ko'proq vaqt davomida sakkiz darajadan yuqori ko'tarilmadi.

Harorat ikki darajagacha tushganida, shaharga nam qor yog'di. Sinoptiklarga ko'ra, yaqin kelajakda havo isishi kutilmaydi.
Ma'lumki, ushbu hududda yillik harorat pasayishi taxminan 80 darajani tashkil etadi. Qishda 50 gradus sovuqdan yozda 30 gradus issiqqacha kuzatiladi.

Avvalroq, Moskva meteorologiya byurosining bosh mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova kelasi hafta Moskavada sovuq havo hukm surishi bilan birga kuzgi yomg'ir yog'ishini aytgandi.