«Yangi koronavirus infeksiyasiga barham berish maqsadida Gam-Kovid-Vak (Sputnik V) vaksinasi Roszdravnadzor laboratoriyalarida kerakli sifat sinovlaridan oʻtdi va fuqarolarda ommaviy qoʻllash uchun ilk bor muomalaga chiqarildi, deb xabar bermoqda TASS Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi manbasiga tayanib.

Vaksinaning ushbu bosqichdagi fuqarolik muomalasi tushunchasi aholining xavf guruhlarida, xususan oʻqituvchilar va shifokorlarda qoʻllashni anglatadi. Bu roʻyxatdan oʻtgandan keyingi klinik sinovlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, deya izoh berdi Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Maʼlumot oʻrnida, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 11-avgust kuni koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina roʻyxatdan oʻtkazilgani va uni ishlab chiqarish boshlangani toʻgʻrisida aytib oʻtgan edi.