Orlov viloyati gubernatori Andrey Klichkov o'zining Telegram-sahifasida shaharda uchuvchisiz uchish apparati “halokatga uchragani”ni aytdi. “Yoqilg'i-energetika kompleksi obyektiga hujum uyushtirildi. U yerda yong'inni bartaraf etish bo'yicha maxsus xizmatlar ishlamoqda”, deb yozadi u.

Gubernatorning so'zlariga ko'ra, portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ayni vaqtda Rossiyaning Telegram kanallari Oryolda havo hujumidan mudofaa ishlari davom etayotgani va kuchli portlashlar eshitilayotgani haqida yozmoqda.

Bu kecha Kursk viloyatida ham baland ovoz eshitildi. Gubernator Roman Starovoyt Kursk osmonida havo hujumidan mudofaa kuchlari ishlayotgani haqida xabar berdi. Keyinroq u Fatej tumani uzra Ukraina droni urib tushirilgani haqida xabar berdi.

Ayni vaqtda Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov Belgorod viloyatiga dron to'rtta portlovchi moslamani tashlaganini ma'lum qildi. Portlashlar oqibatida elektr uzatish tarmoqlari zararlangan, yetti aholi punkti elektrsiz qolgan. Hech kim jabralanmadi, deb xabar beradi report.az.