Jarohat olganlar orasida tomoshabinlar va yosh sportchilar bor.

Gap shundaki, viloyatdagi sport maktablari o'rtasida futbol bo'yicha an'anaviy musobaqa o'tkazilayotgandi. Rostov-na-Donu va Bataysk jamoalari maydonda uchinchi o'rin uchun kurash olib borishdi. Kutilmaganda shamol ko'tarildi. Kuchli shamol bir vaqtning o'zida uchta ko'chma stendni ag'darib yubordi. O'sha paytda 30 ga yaqin tomoshabin bor edi. Bir ayol voqea joyida halok bo'ldi. Tribunada voyaga yetmaganlar ham bo'lgan.

Avvalroq Rostov viloyatida bo'ron haqida ogohlantirish e'lon qilingan edi – sinoptiklar kuchli shamol bo'lishini bashorat qilishgan. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko'rsatish moddasi bo'yicha tergovchilar tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Va ular shunday ob-havoda sportchilarni maydonga olib chiqish qanchalik asosli bo'lganiga oydinlik kiritishadi. Shifoxonalarda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Viloyat gubernatori Vasiliy Golubyev jarohatlanganlar orasida 15 nafar bola borligini aytdi. Ikki kishi yengil jarohat oldi, ularga uyga ketishga ruxsat berildi. Qolganlari kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda mir24.tv.