Uning taʼsischisi Powerhouse Company kompaniyasining maʼlum qilishicha, mazkur bino suv yuzasida joylashgan dunyodagi eng yirik biznes inshooti sanaladi. Mazkur loyiha mamlakatning, xususan, Rotterdam shahrining tashrif qogʻoziga aylanishi koʻzda tutilgan. Maydoni 3606 kvadrat metrli yogʻochdan ishlangan uch qavatli mazkur bino 15 ponton ustida qurilgan.
Ushbu inshoot ekologik jihatdan ham zararsiz. U atrof-muhitga uglerod chiqarmaydi. Oʻzini oʻzi toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.