Davlat xizmatlari agentligining Toshkent viloyat boshqarmasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda xususiy sektorni davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga jalb etish boʻyicha xalqaro ekspert Marius Birsan, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirok etdi.

Oʻzaro fikr almashish maqsadida oʻtkazilgan uchrashuvda ruminiyalik ekspert Marius Birsan xususiy sektorni davlat xizmatlarini koʻrsatishga jalb qilish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari va tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Nurafshon shahar hokimi M.Saliyev bilan ham uchrashuvda davlat xizmatlarini koʻrsatish, davlat xizmatlari markazi tomonidan korxona va tashkilotlarining elektron axborot almashish bazalarining oʻzaro elektron aloqasi, davlat xizmatlarini koʻrsatishda xususiy sektor tomonidan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻrta Chirchiq tuman Davlat xizmatlari markazida Xitoy xalq respublikasi va Afgʻonistondan kelgan investorlar bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.

nda yurtimizda mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlarni nafaqat huquqiy, iqtisodiy, balki maʼnaviy va ruhiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham barcha sharoitlar yaratilganligi taʼkidlandi. Xorijlik hamkorlar yurtimizda tadbirkorlik muhitiga alohida eʼtibor, xorijlik tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va qulayliklar, shaffof xizmatlar haqida ijobiy fikrlar bildirdi.

Uchrashuv yakunida tibbiy niqob va tibbiy himoya kiyimlari va materialini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “AMIRI SPUNBOND” masʼuliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.