A.Avloniy nomidagi ilmiy-tekshirish instituti hamda Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika Universiteti hamkorligida “Klass” loyihasi doirasida oʻtkazilgan rus tilini bilish darajasini belgilovchi sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar TRKI S1 sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Uni bir hafta ichida tegishli xalq taʼlimi boʻlimlaridan shaxs tasdiqlovchi hujjat bilan olish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, hukumatning tegishli qaroriga asosan joriy yilning fevral oyidan boshlab TRKI S1 sertifikatiga ega boʻlgan taʼlim tili rus tili boʻlmagan maktablar va sinflarda dars beradigan rus tili oʻqituvchilari sertifikat berilgan sanadan boshlab 2 yil davomida oylik ish haqlariga 50 foiz ustama olishga haqlidirlar.