Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini Rossiyaning Qozon shahrida davom ettirishi mumkin. Metaratings xabariga qaraganda, u mahalliy “Rubin” bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan va qishda erkin agent sifatida jamoaga qoʻshiladi.

26 yoshli himoyachi joriy mavsumda “Navbahor” tarkibida 28ta oʻyinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. U avvalroq “Kvanju”, “Kangvon” va “Bunyodkor” klublarida ham oʻynagan.