Rutan preparati SARS-CoV-2 virusiga qarshi yagona samarali dori vositasi

    Fan 22 Aprel 2021 1161

    Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

    Qayd etilishicha, Rutan preparati antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega boʻlib, SARS-COV-2 virusining 2 ta muhim ferment tizimini ingibirlaydi.

    Virusning hujayrada koʻpayishi va tarqalishi hamda patologik va yalligʻlanish jarayonini chaqiruvchi oqsillar hosil boʻlishini toʻxtatadi va kasalllarda salbiy holat — “sitokinin boʻroni”ning oldini oladi. Natijada, SARS-CoV-2 virusiga chalingan bemorlarning sogʻayish muddati qisqaradi va bemor oʻz holatiga tez qaytadi.

    Rutan preparati 103 ta koronovirus infeksiyasi bilan kasallangan oʻrtacha ogʻirlikda kechayotgan bemorlarda kayd etilgan dozada sinalganda, SOVID-19 orqali chaqirilgan yalligʻlanish jarayonining asosiy vositachisi boʻlmish S-reaktiv oqsili miqdorining statistik ahamiyatli kamayishi kuzatildi va bu orqali uning aniq yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega ekanligi aniqlandi. Rutan qabul qilgan biron-bir bemorga kasallik davomida oksigenatsiyaga muhtojlik boʻlmadi.

    Rutan preparatini qabul qilgan sinov guruhi bemorlarini protokol davolash fonida kasallikning 4-5 kuni davomida ulardan SOVID -19 virusiga olingan PZR-test tahlili salbiy boʻldi.

    Klinik sinov natijalariga koʻra, “Rutan tabletkalari, 0,1 g” №20 oʻrtacha ogʻirlikda kechayotgan oʻpka yalligʻlanishi 30% boʻlgan COVID-19 kasalligiga hamda grippning barcha shtammlariga qarshi dori vositasi sifatida qoʻllash uchun ruxsat etildi.