Ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarning pasportlari tasdiqlanmoqda

    Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda:

    Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024-yildagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi VMQ-727-son qarori qabul qilindi.

    Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan:

    • quyidagilar tasdiqlanmoqda:
    • karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasi, fitosanitariya sertifikati hamda oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qoʻllash uchun ruxsatnoma pasportlari;
    • davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning pasporti;
    • mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning pasporti;
    • quyidagilar belgilanmoqda:
    • karantin ruxsatnomasi va fitosanitariya sertifikatini olish uchun arizalarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi;
    • ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarni elektron shaklda berish tartibi.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 08.11.2024-yildan kuchga kirdi.