Akademik litsey va kasb-hunar maktablariga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinib, 2 yillik kunduzgi taʼlim shakli asosida oʻqitiladi.
Kollejlarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Oʻqish 2 yilgacha boʻlgan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Texnikumlarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Oʻqish 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda taʼlim rus va oʻzbek tillarida olib boriladi.
Yaqin kunlarda eʼtiboringizga ushbu taʼlim muassasalarining hududlar boʻyicha tahlili hamda aloqa uchun raqamlarini havola qilamiz.









