“S7 Airlines” aviakompaniyasi Irkutskdan Farg'onaga parvozlarni tiklamoqda

    2023-yil 5-maydan boshlab Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasi, uzoq tanaffusdan so'ng, Irkutsk — Farg'ona — Irkutsk yo'nalishi bo'yicha parvozlarni tiklaydi.

    Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Bugungi kunda mazkur aviakompaniya Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro aeroportlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

    “S7 Airlines” — shtab-kvartirasi Novosibirskda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi. U Rossiyadagi eng yirik xususiy aviatashuvchi bo'lib, 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlariga yo'lovchi tashuvlarini amalga oshiradi.