Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kunini muvaffaqiyatli boshladi.
Para yengil atletikachimiz Safiya Burxonova F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida 14.12 metr natija qayd etib, kumush medalga sazovor boʻldi.
Shuning bilan, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil qilmoqda.
Maʼlumot uchun, Safiya Burxanova bundan avval “Rio-2016” Paralimpiya oʻyinlarida kumush va “Tokio-2020” Paralimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.