Mazkur kinokartina Oʻzbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad va uning rafiqasi taniqli shoira Saida Zunnunovaning hayoti va ijodiga bagʻishlangan boʻlib, asosan, 1950-1955-yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. Unda sevgi va sadoqat, maʼnaviy barkamollik va ezgulikning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishi kabi gʻoyalar singdirilgan.
Ssenariy mualliflari Gulmira Musajonova, Nodira Saidahmad qizi, rejissyor Hamidulla Boboqulov, operator Jamshid Gʻaniyev, rassom Anastasiya Reyim, grimyor Yulduzxon Qodirova, ovoz operatori Zabixilla Shoxoldorov, film direktori Kamila Matenova, prodyuser Shuhrat Umarovlardan iborat ijodiy guruh mazkur hujjatli film tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishiga umid bildirishmoqda.