Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, siyosiy muloqotni faollashtirish, ta’lim, madaniyat va iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

«Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashdik.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, jamiyatni demokratlashtirish va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish borasidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratildi», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uchrashuvlarda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini izchil kengaytirish muhim ekani qayd etildi.