Muloqot davomida mamlakatimizning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish masalalari hamda 2026 yil aprel oyida ushbu global muammoga bag‘ishlab o‘tkazilgan Samarqand xalqaro forumidan so‘ng amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
"Ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga qaratilgan side-iventimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Monika Jumaga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston ushbu tadbirni bugun BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida o‘tkazdi.
Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot borasida sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyormiz", — deydi Saida Mirziyoyeva.