«Bugun xalqaro xotin-qizlar kunida men ushbu chinakam bahoriy ayyom bilan barcha hamfikr opa-singillarimni tabriklayman.

Ayolni ojiza deymizku, aslida ayol boʻlish — ojizlik emas.

Ayol boʻlish — bu, avvalo, masʼuliyat va matonat demak. Biz oʻzimizni oʻzgartirish, jamiyatni oʻzgartirish hamda siyosat, fan, biznesda erkaklar bilan tengma-teng oʻz soʻzimizni aytish uchun oson boʻlmagan yoʻlni bosib oʻtdik. Biz ishonch bilan oldinga — orzularimiz tomon intilmoqdamiz.

Men sizga iroda, qatʼiyat va salohiyatingiz munosib eʼtirof etilishini tilayman. Oilangizga totuvlik va farovonlik, oʻzingizga sogʻlik va toʻkis baxt yor boʻlsin!

Sizlarni samimiyat ila bagʻrimga bosib qolaman», deb yozdi Prezident yordamchisi.