Bu haqda u oʻz sahifasida yozib qoldirdi.
Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, Dohadagi kino festivali mustaqil va mualliflik kinosining eng muhim maydonlaridan biri boʻlib, oʻziga xos qarashlar va dadil badiiy pozitsiyaga ega boʻlgan rejissyorlarga oʻz fikrlarini bildirish imkonini beradi.
Festival dasturidan oʻnlab mamlakatlardan filmlar oʻrin olgan; yosh mualliflar va mahalliy kinoijodkorlarga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, ular uchun maxsus boʻlimlar va tanlov dasturlari tashkil etilgan.
“Bugun Qatar poytaxtining diqqatga sazovor madaniy maskanlarida boʻlib oʻtayotgan ushbu festivalga tashrif buyurdim. Zamonaviy kino — dolzarb kayfiyat va maʼnolarni aks ettirish, ayni paytda jamiyatimizni qanday mavzular tashvishga solayotganini tushunish usulidir”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.








