“Qozogʻistonga qilgan avvalgi safarimiz chogʻida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi“ baleti shu qardosh yurtda ham namoyish etilsa, deb niyat qilgandik. Ezgu niyatimiz ijobat boʻldi — 17-mart kuni Abay nomidagi Qozogʻiston milliy opera va balet teatri sahnasida qadimiy raqsimiz — lazgi jonlandi“, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Bunday madaniy tadbirlar goʻzal sanʼatimizni namoyon etibgina qolmay, qardosh millatlar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarishga yordam beradi.
“Biz, Prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan yaxshi qoʻshnichilik anʼanalariga sodiq qolgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va, albatta, madaniy sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga oʻz hissamizni qoʻshishni maqsad qilganmiz. Xalqlarimiz oʻrtasida totuvlik, ahillik hukm sursa, ushbu mintaqa qudratli hamjihatlik markaziga aylanishi shubhasiz“, — deb yozadi Prezident yordamchisi oʻzining Telegram kanalida.