“Animatsiya — bu kichik yoʻnalish emas, balki jahon kreativ iqtisodiyotining ulkan va ajralmas qismi. Shu bois biz sohada malakali mutaxassislar tayyorlab, global bozorga chiqishga intilishimiz kerak”, deb yozdi Mirziyoyeva oʻz Telegram sahifasida.
Maʼlum boʻlishicha, Administratsiya rahbari Bolalar kontentini rivojlantirish markazining mamlakat boʻylab animatsiya yoʻnalishida oʻquv kurslarini tashkil etish taklifini qoʻllab-quvvatlab, ushbu tashabbusni aynan Qoraqalpogʻistondan boshlash kerakligini aytgan.
«Nukusga safarim chogʻida mazkur oʻquv kursining faoliyati bilan tanishdim. Yoshlar bilan suhbatlashar ekanman, koʻzlaridagi ishtiyoqni koʻrdim, his qildim. Ular nafaqat oʻqishga, balki oʻz kelajagini yaratishga intilishyapti.
Biz yoshlarimizga imkoniyat yaratsak, ular albatta natija beradi. Kecha Nukusda bunga yana bir bor amin boʻldim», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.









