Saida Mirziyoyeva Nukusdagi Sport gimnastikasi maktabiga tashrif buyurdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nukusdagi Sport gimnastikasi maktabiga tashrif buyurdi.

    «Nukusda Sport gimnastikasi boʻyicha respublika maktabi oʻz faoliyatini boshladi. Bu sportning gimnastika turlarini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

    Ishonchim komil, yangi maktab yoshlarning professional sport bilan shugʻullanish imkoniyatlarini kengaytiradi, iqtidorli gimnastikachilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashadi hamda yurtimizda kuchli sport zaxirasini shakllantiradi. Bu esa, oʻz navbatida, milliy gimnastikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.