Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistondagi “Karakalpak Basalt Wood” zavodiga tashrif buyurdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistondagi sanoat korxonasida boʻldi.

    Bu haqda u oʻzining telegram sahifasida maʼlumot berdi.

    "Qoraqalpogʻistonda mamlakatimiz sanoat salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi obyektlar ishga tushirilmoqda.
    Mahalliy xomashyo asosida energiya tejamkor va eksportbop mahsulotlar yaratish muhim.
    Bugun bazaltdan issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqaradigan “Karakalpak BasaltWool” MCHJ zavodining rahbarlari va mutaxassislari bilan shu haqda suhbatlashdik.
    Mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish evaziga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga yetgan.
    Ushbu loyiha hududning eksport imkoniyatlarini kengaytiradi, yangi ish oʻrinlarini yaratadi va Qoraqalpogʻistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshadi", — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.