Bugun beminnat yordam qo'lini cho'zayotgan barchaga, birinchi navbatda, tegishli idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat, boshpana va psixologik yordam ko'rsatgan poytaxtimizning jonkuyar aholisiga minnatdorlik bildiraman.
⠀
Qutqaruvchilar — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlariga, tez tibbiy yordam shifokorlariga alohida rahmat aytaman. Agar o'z vaqtida tegishli choralar ko'rilmaganda fojia oqibatlari bundan-da yomon bo'lishi mumkin edi.
⠀
Sizlar — mamlakatimizning haqiqiy vatanparvarlarisiz.
⠀
Ishontirib aytmoqchimanki, Prezidentimiz topshiriqlari bilan fojia oqibatlarini tezda bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan. Davlatimiz rahbari uchun har bir fuqaro muhim va qadrli. Fursatdan foydalanib, jabrlanganlarning oila a'zolariga o'zimizning chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
⠀
Bunday kunlar bizni ham birlashtiradi, ham sinaydi. Barchamiz mavjud vaziyatdan to'g'ri saboq chiqaramiz, deb umid qilaman.
⠀
Yurtimiz tinch bo'lsin.
Saida Mirziyoyeva: Sinovli kunlar barchamizni birlashtiradi
Prezident yordamchisi beminnat yordam qo'lini cho'zayotganlarga minnatdorlik bildirdi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Misrga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar belgilandi