Saida Mirziyoyeva sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish loyihasi bilan tanishdi

    Saida Mirziyoyeva UZINFOCOMda sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish loyihasi bilan tanishdi.

    «Ushbu tizim ishga tushishi natijasida tibbiyot muassasalaridagi barcha asosiy jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi, bemorlarning sogʻligʻi haqida turli manbalardan olinadigan maʼlumotlarni yagona elektron tibbiy kartaga birlashtirish imkonini beruvchi dasturiy yechimlar joriy etiladi. Shuningdek, ish hajmini optimallashtirish orqali sogʻliqni saqlash muassasalarining barcha boʻgʻinlarida faoliyat samaradorligi oshiriladi.
    Ishonchim komilki, loyiha rejadagidek amalga oshirilsa, barcha: soha xodimlari uchun ham, aholi uchun ham manfaatli boʻladi», — deyiladi Prezident yordamchisi sahifasida.