Muloqot davomida asosiy eʼtibor taʼlim, sogʻliqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratildi.
Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi, shuningdek, onalar va bolalar oʻlimi mavzusi keng muhokama qilindi. UNFPA tomoni ushbu sohalarda mamlakatimizga ekspertlik koʻmagi va texnik yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.