Davlat xizmatlaridan faol foydalanishda elektron raqamli imzo kaliti qulayligini ta'kidlagan  taniqli aktrisa endi mustaqil hatto mobil qurilma orqali ham istagan xizmatini oladi.

-Aslida poytaxt markazlaridan qolishmaydigan zamonaviy binoni cho'l hududida uchrataman deb o'ylamagandim. eng asosiysi, Toshkentdan bo'lasizmi, Samarqand yoki Buxorodan farqi yo'q markaz xizmatidan foydalansa bo'larkan. Bu xalqimiz uchun juda katta qulaylik, deydi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan aktrisa Saida Rametova.