“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, shu yilning 23-27-may kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati:
Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati:
Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobod tumanlarida;
Jizzax viloyati:
Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati:
Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati:
Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati:
Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati:
Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, — deyiladi xabarda.








