Maʼlumotlarga koʻra, Olot tumanida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida saksovul oʻsimligini “UAZ“ shinasida olib qochayotgan shaxslar tuman inspektorlari tomonidan toʻxtatishga harakat qilinganda huquqbuzarlar inspektorlar boshqaruvidagi xizmat avtomashinasiga qasddan zarar yetkazib, voqea joyidan qochib ketishgan.
Tuman sudi tomonidan mazkur holat koʻrib chiqilib, huquqbuzarlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan 3 nafar fuqaroga 41 625 000 soʻm zarar va jarima qoʻllanildi.
Shuningdek, xizmat mashinasiga yetkazilgan zarar 6 000 000 soʻm hisoblandi va toʻliq undirildi.