“Salamat” fermer xoʻjaligi paxta tayyorlash shartnoma rejasini bajardi
Agrosektor
9 sen 2021, 10:26
744
Qoraoʻzak tumanidagi “Madaniyat” ovul fuqarolar yigʻinining fermer xoʻjaliklari Qoraqalpogʻistonda har yili birinchilar qatorida davlatga paxta topshirish shartnomasini ortigʻi bilan bajarib kelmoqda. Joriy yilda suvning kam boʻlishiga qaramasdan bor suvdan unumli foydalanib, gʻozalar oʻz vaqtida parvarishlandi. Natijada paxtadan moʻl hosil olishga erishdi.
Xududdagi “Salamat” fermer xoʻjaligi 13 gektardan 31 tonna oq oltin yetishtirib, belgilangan davlat rejasini ortigʻi bilan bajardi. Shu munosabat bilan tuman hokimligi fermer xoʻjaligi rahbarlari hamda terimchilarga minnatdorchilik bildirdi va sovgʻalar topshirdi.
Tumanda paxta yigʻim-terimi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.