Oʻzbekistonga oʻtish uchun “Youtong BUS” rusumli avtobusda kirib kelgan fuqaro K.A. boshqaruvidagi transport vositasi bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Avtobus salonining old qismidagi sovitgichning tagida qiymati qariyb 405 mln soʻmlik jami 1 745 birlik, ogʻirligi salkam 1 kg boʻlgan zargarlik  buyumlari aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, haydovchi mazkur 8 dona oʻramdagi zargarlik buyumlari ogʻzaki soʻrovida taqdim etilmagan hamda deklaratsiyalanmagan. 

Eslatma:

  • amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlarisiz, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.