Xususan, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari “Chuqursoy” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan tovarlarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishi bilan bogʻliq navbatdagi holatga chek qoʻyishdi.
Unga koʻra, xorijdan yurtimizga kirib kelgan “konselyariya mollari” tovarlari belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan qiymati 297,4 mln. soʻmlik, 8246 kvadrat metr matolar, 55 000 dona penomaterialdan tayyorlangan listlar aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.