Mazkur ariza va shikoyatlarning 7780 tasi, ya’ni, 90,7 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 34 milliard 985 million 311 ming 247 so‘m (3 013 372 dollar) yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan kelib tushgan 95 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 6 milliard 288 million 950 ming 639 so‘m (541 683 dollar) moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Bundan tashqari, fuqarolardan tushgan jami 33 ta murojaat yuzasidan nazorat organlariga tegishli murojaatlar yo‘llanib, ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga 146 million 707 ming so‘m (12 636 dollar) mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.
Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning
3077 tasi (35,4%) – savdo;
1176 tasi (13,5%) – gaz ta’minoti;
1061 tasi (12,2%) – elektr ta’minoti;
370 tasi (4,3%) – suv ta’minoti;
797 tasi (9,2%) – kommunal xizmat;
144 tasi (1,7%) – sog‘liqni saqlash;
546 tasi (6,3%) – xizmat ko‘rsatish (servis);
206 tasi (2,4%) – transport;
215 tasi (2,5%) – aloqa (va internet);
1110 tasi (12,8%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.