Bu yil tansiq deya har yilgidek miqdorda olib yeyolmayotganimiz anjir — Altseymer, Parkinson, demans va boshqa nevrologik kasalliklarning oldini olish uchun ajoyib vosita ekan.

Bundan tashqari, bu meva xurmo bilan birga oshqozon-ichak trakti uchun haqiqiy topilma hisoblanadi.

Bu insoniyatga ma'lum bo'lgan eng samarali yo'g'on ichakni tozalash vositalaridan biridir.

Anjir qobig'i - ovqat hazm qilish tizimining foydali bakteriyalari uchun oziq-ovqat bo'lib xizmat qiladi.

Anjir ajoyib antiseptik xususiyatlarga ega, zararli mikroorganizmlar, parazitlar, mog'or va og'ir zaharli metallarni yo'q qiladi.