Xususan, Shovot tumani markazida ham bu jarayon tez surʼatlarda davom ettirilmoqda. Az-Zamahshariy koʻchasi hamda tuman “dehqon bozori” oldidagi koʻchalarda uzunligi besh kilometr boʻlgan piyodalar va velosiped yoʻlaklari barpo etilayotir.
“Salomatlik yoʻlakchalari” nomini olgan bu yangilik shaharcha ahlining sportning yugurish, velosport turlari bilan shugʻullanishlari, bu orqali salomatligini mustahkamlashiga xizmat qiladi.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri