Uchrashuvda “Mikrokreditbank” tomonidan fuqarolarimizning mehnat migratsiyasini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, xususan transport xarajatlarini qoplash uchun 1 000 dollargacha boʻlgan kreditlash tizimini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda mazkur kreditni rasmiylashtirish, uni qaytarish Samara viloyati migratsiya xizmatlari koʻrsatish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilova orqali amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani, kreditni rasmiylashtirish uchun xorijiy ish beruvchining oʻzi kafil boʻlish imkoniyatlari koʻrib chiqilayotgani haqida soʻz yuritildi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil fevral oyida Samara viloyati migratsiya xizmatlari koʻrsatish markazi vakili A.Щyerbinin Agentlikka tashrif buyurib, ushbu markaz filialini Oʻzbekistonda tashkil etish boʻyicha kelishuv imzolash istagini bildirgan edi. Agentlikning viloyatlardagi filiallari faoliyati bilan tanishib, Samara viloyati migratsiya xizmatlari koʻrsatish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilova taqdimotini oʻtkazdi.
Mobil ilovada Oʻzbekiston fuqarolariga koʻrsatiladigan xizmatlar, xususan, ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan vakansiyalar, yurtdoshlarimizning Rossiya Federatsiyasiga kirib borgunga qadar ularning patent rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻplamini shakllantirish, migratsion hisobga turish, patent rasmiylashtirish uchun navbatga yozilish xizmatlarini koʻrsatish nazarda tutilgan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.